SportUz.Net
iks
ads

Makgregor Pol - Joshua jangiga juda katta pul tikmoqchi

19.12.2025 14:33    


Rasmni yuklab olish

UFC superyulduzi Konor Makgregor ertaga Mayami shahrida Entoni Joshua va Jeyk Pol jangi uchun etti xonali summa tikmoqchi.

"Hozircha ertangi jang uchun pul tikmadim. Lekin Joshuaning 60 soniya ichida nokaut bilan g'alaba qozonishini taxmin qilmayapman. Imkoniyatlarni koefficientlarda 11 ga 1 ko'rinishda baholayapman. Joshuaning shunchaki ochkolar bo'yicha g'alabasi uchun 5 million dollar tiksam, yaxshigina pul ko'tarar ekanman - taxmiman 600 ming dollar. 

Bu mutlaqo shaffof jang va u kelishilmagan. Jeyk butunlay aqldan ozgan va bu jang uni tamomila o'zgartirib yuboradi. Men qo'l qovushtirib o'tirib, buning qanday sodir bo'lishini tomosha qila olmayman", - deb yozdi irlandiyalik ijtimoiy tarmoqda.

So'nggi yillarda Makgregor tez-tez janglarga katta pul tikmoqda. Yaqinda u Las-Vegasdagi UFC 320 turnirida Aleks Pereyra Magomed Ankalaev ustidan g'alaba qozonishi uchun pul tikkandi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: