SportUz.Net
iks
ads

WBC prezidenti Joshua bilan jang natijasidan qati nazar, Polni hurmat qilishga chaqirdi

19.12.2025 13:09    


Rasmni yuklab olish

Butunjahon Boks kengashi (WBC) prezidenti Maurisio Suleyman Entoni Joshuaga qarshi jang oldidan Jeyk Polni qo'llab-quvvatladi.

Uning so'zlariga ko'ra, boks olami blogerni sportga bo'lgan sadoqati va millionlab yangi muxlislarni jalb qilgani uchun hurmat qilishi kerak.

"Ertaga ringda nima bo'lishidan qati nazar, endi dunyo Jeyk Polni hurmat qilishi kerak. Ijtimoiy tarmoqlarni zabt etgan, boksni sevib qolgan va boshqalar kabi astoydil mashq qilgan yigit millionlab yangi muxlislarni sportga jalb qildi. Uning shousida qatnashadigan bokschilarga ajoyib faollikni taminladi. Boks yutishda!", - deb yozdi Sulaymon X ijtimoiy tarmog'idagi akkauntida.

Bokschilar o'rtasidagi jang ertaga, 20 dekabr kuni bo'lib o'tadi. Jeyk va Entoni ringga bizning vaqt bilan taxminan soat 8:00 da chiqadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: