SportUz.Net
iks
ads

Topuriya Pyotr Yan bilan jang qilmoqchi

19.12.2025 12:48    


Rasmni yuklab olish

Aleksandr Topuriya hozircha UFC’ning o'ta engil vazn Top-15 reytingiga kirmaydi, ammo hozirdanoq amaldagi divizion chempioni Pyotr Yan bilan raqobatlashishga tayyor.

"Men uchrashmoqchi bo'lgan bitta jangchi bor. Merab endi chempion emas, garchi u qaytib kelishiga va Pyotr Yanning kamarini qaytarib olishiga shubha qilmasam-da. Agar uni ro'yxatdan chiqarib tashlasak, meni faqat chempion qiziqtiradi. Men bunga loyiqman, demoqchi emasman, lekin men shuni xohlayman - menga kamari bor odam kerak. Merab chempion bo'lsa, men xotirjam chetda turaman. Ammo hozir u chempion emas, shuning uchun menga Pyotr Yan bilan jang qiziq", - dedi Topuriya.

Iliya Topuriyaning akasi bo'lgan 29 yoshli Aleksandr Topuriya joriy yilning fevral oyida Kolbi Tiknessni hakamlar qaroriga ko'ra mag'lub etib, UFC’dagi debyutini muvaffaqiyatli boshlab olgandi. Noyabr oyida u qozog'istonlik Bekzat Almaxanni mag'lub etdi.

Eslatib o'tamiz, Pyotr Yan 6 dekabr kuni o'ta engil vazn toifasida chempionlik kamarini qaytarib olgandi. U besh raund yakunlariga ko'ra hakamlarning bir ovozdan qarori bilan Merab Dvalishvilini ishonchli tarzda mag'lub etgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: