
Aynan nigohlar jangi paytida amerikalik britaniyalikka nimadir dedi, bu esa sobiq jahon chempionining g'azabini qo'zg'atdi. SHunga qaramay, jang oldidan o'zining yakuniy izohida Joshua g'azabini ko'rsatmadi va raqibni mahorat bobida yo'q qilishiga ishonch bildirdi.
"Hammasi joyida - asosiysi, ommaga yoqish. O'rtamizda o'zaro hurmat bor, chunki ikkalamiz ham ringga chiqayotgan jangchilarmiz. Ammo oxir-oqibat men g'alaba qozonishim kerak - hozir shunga etibor qaratyapman. Barcha o'yinlar tugadi. So'nggi so'zni aytish vaqti keldi. Men bu yigitning adabini berib qo'yaman. SHu xolos. Men juda jiddiy jangchiman - oramizdagi farq mana shunda. Tamom bo'lding, Jeyk! Qanday bo'lsa, shunday aytayapman", - dedi Joshua.
"Men unga unda qo'rquv hidini sezayotganimni aytdim. Men buni uning ko'zlarida ko'ryapman, haqiqatan ham ko'ryapman. Butun bosim unda, men esa erkin jang qilaman, menga hech narsa bosim o'tkazmaydi. Men allaqachon g'alaba qozonganman, u uchun esa bu aniq mag'lubiyatli vaziyat. Men uni burchakka - o'zim istagan joyga qamab qo'ydim. Menimcha, u oltinchi yoki ettinchi raundda nokaut bo'ladi. Men uni yo'q qilaman", - deya vada berdi Pol.
Bokschilar sahnani tark etishidan oldin Entoni Joshua o'zining promouteri Eddi Xirnni tilga oldi, uning Jeyk Pol bilan o'zaro munosabatlari bor.
"Bu Jeykning professional faoliyatini boshlagan odam. U unga professional boksdagi debyut jangini o'tkazishga yordam berdi, endi esa meni Jeyk Polning bokschilik faoliyatini yakunlash uchun olib keldi", - dedi og'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni.
