SportUz.Net
iks
ads

Masvidal UFC’ning yarim o'rta vaznida Maxachev uchun eng xavfli raqibni aytdi

19.12.2025 14:54    


Rasmni yuklab olish

Yarim o'rta vazn toifasida UFC chempionligiga sobiq davogar Xorxe Masvidal yarim o'rta vaznning amaldagi chempioni Islom Maxachevning ehtimoliy raqiblari haqida gapirdi.

Amerikalik aralash yakkakurash ustasi Kamaru Usmanni Islam uchun ushbu vazndagi eng xavfli raqib deb atadi. Masvidalning fikricha, aynan Usman o'zining kurash mahorati, jismoniy ko'rsatkichlari va yuqori darajadagi janglar tajribasi bilan Maxachevga eng katta muammolarni keltirib chiqarishga qodir.

"Fikrimcha, Usman! Maxachevga tengma-teng kurash olib borishni majburlay oladigan jangchi. Bu uning kuchli tomoni, u shundan boshlagan. SHu bilan birga, Kamaru tik holatda ham yaxshiroq ishlaydi, u gavda tuzilishi jihatidan yirikroq, balandroq, kuchliroq va ancha tajribaliroq. Usman Kolbi bilan janglarda bo'lgani kabi raqibning usullarni amalga oshirishga urinishlarini mohirona bartaraf etadi. Bu Maxachev uchun yarim o'rta vazn toifasidagi eng xavfli jang", - dedi Masvidal.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: