SportUz.Net
iks
ads

Aleksandr Usik: "Joshua bilan jangda Jeyk Pol uchun duo qilaman"

03.12.2025 13:06    


Rasmni yuklab olish

Superog'ir vaznda WBC, IBF, WBA Super, IBO, The Ring yo'nalishlari chempioni Aleksandr Usik bloger-bokschi Jeyk Pol va sobiq jahon chempioni Entoni Joshua o'rtasidagi jang haqida gapirdi.

Jeyk Pol 19 dekabr kuni AQSHning Mayami shahrida tashkil etiladigan prof boks oqshomi doirasida superog'ir vazn toifasida sobiq WBA, WBO, IBF yo'nalishlari chempion britaniyalik Entoni Joshuaga qarshi to'laqonli professional boks jangida ringga ko'tariladi. 

"Agar Joshua istasa, Jeykni o'ldirib qo'ya oladi... Men Pol uchun duo qilaman, chunki u bilan oktagonda jang qilmoqchiman", - deya Usikning so'zlarini keltiradi The Ring jurnali.

Joshua 36 yoshda. Professional boksda britaniyalik bokschi 2013 yildan beri jang o'tkazib keladi. Uning hisobida 28 g'alaba, 4 mag'lubiyat bor. Janglarining 25 tasini muddatidan avval qo'lga kiritgan. 28 yoshli Jeykning professional rekordi 12 g'alaba va bitta mag'lubiyat.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: