SportUz.Net
iks
ads

Yosh bokschilarimizning bari Rossiyadagi turnirda shohsupaga ko'tarildi + FOTO

03.12.2025 10:24    


Rasmni yuklab olish

Rossiyaning Nadim shahri Vladislav Vladimirovich Strijov xalqaro xotira turniriga mezbonlik qildi.

Bu haqda O'zbekiston havaskor boks federaciyasi matbuot xizmati xabar berdi. 

Ushbu musobaqada O'zbekiston o'smirlar terma jamoasining 6 nafar bokschisi ham ishtirok etdi va quvonarlisi, yakunda ularning bari shohsupaga ko'tarildi. O'smirlarimiz 2 ta oltin, 2 kumush, 2 ta bronza medaliga sazovor bo'lishdi.

G'olib va sovrindorlarimiz:

Oltin medallar:

-70 kg. Hadyatulloh Saydullaev

-75 kg. Ibrohim Mirzakarimov


Kumush medallar

-40 kg. Fayozbek Noraliev

-60 kg. Jahongirjon Usmonqulov


Bronza medallar

-42 kg. Akbarjon Mirzaev

-52 kg. Oybek Alimjonov

Murabbiylar: Bahrom Rahimov, Jahongir Rahmonov, Mo'minjon Ahmedov



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: