
Bu haqda O'zbekiston havaskor boks federaciyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu musobaqada O'zbekiston o'smirlar terma jamoasining 6 nafar bokschisi ham ishtirok etdi va quvonarlisi, yakunda ularning bari shohsupaga ko'tarildi. O'smirlarimiz 2 ta oltin, 2 kumush, 2 ta bronza medaliga sazovor bo'lishdi.
G'olib va sovrindorlarimiz:
Oltin medallar:
-70 kg. Hadyatulloh Saydullaev
-75 kg. Ibrohim Mirzakarimov
Kumush medallar
-40 kg. Fayozbek Noraliev
-60 kg. Jahongirjon Usmonqulov
Bronza medallar
-42 kg. Akbarjon Mirzaev
-52 kg. Oybek Alimjonov
Murabbiylar: Bahrom Rahimov, Jahongir Rahmonov, Mo'minjon Ahmedov









