
Uning doping tahlilida taqiqlangan meldoni moddasi aniqlangan. Janibek shu yakshanba tonggida WBA Refular chempioni kubalik Erislandi Laraga qarshi ringga chiqishi kerak edi. Natijada jang tashkilotchilar tomonidan rasman bekor qilindi. Lekin Lara boks oqshomida ringga chiqadi. Qisqa fursatda unga yangi raqib berildi.
Turnir tashkilotchisi Premier Boxing Champions kompaniyasi Laraga kolumbiyalik 34 yoshli Yoxan Gonsales (36-4, 24 KO)ni yangi raqib sifatida taqdim etdi. Gonsales 1 mart kuni birinchi o'rta vaznda sobiq jahon chempioni Jarret Xerdni mag'lubiyatga uchratgandi. Aynan Xerd Erislanda Laraga mag'lubiyat taqdim eta olgan edi.
Malumot uchun, Janibek Alimxanuli prof faoliyatidagi 17 ta jangining barchasida g'alaba qozongan. Raqiblarini 11 ta jangda muddatidan avval taslim etgan.
