SportUz.Net
iks
ads

Arman Carukyan o'z vatanida jang o'tkazadi

03.12.2025 09:33    


Rasmni yuklab olish

Asl armanistonlik aralash yakkakurash ustasi ishtirokidagi to'qnashuv Hype Fighting oqshomining asosiy jangi bo'ladi.

UFC kamari uchun jangdan umid qilgan Carukyan 30 dekabr kuni o'z vatani - Armaniston poytaxti Erevan shahrida bo'lib o'tadigan Hype Fighting turnirida ishtirok etadi. Uning o'zi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ushbu tadbirda o'zining xedlayneri sifatida ishtirok etishini malum qildi.

"Hammaga salom. 30 dekabr, Erevan shahri - Hype Fighting turnirining asosiy jangida ringga chiqaman. Raqib tez orada elon qilinadi. CHiptalar sotuvda. Hammani kutaman!", - dedi Arman.

O'n kun oldin engil vazn toifasi UFC reytingida birinchi o'rinni egallab turgan Arman Carukyan ehtimoliy davogarlik jangida g'alaba qozonib, Den Xukerni ikkinchi raundda qo'l uchburchagi usulida taslim etgandi. Ammo rossiyalik qandaydir sabablarga ko'ra 24 yanvar kuni Las-Vegasda Jastin Getji va Peddi Pimblett o'rtasida bo'lib o'tadigan vaqtinchalik chempionlik jangi ishtirokchilaridan biriga aylanmadi.

Divizionning amaldagi chempioni Iliya Topuriya shaxsiy muammolarini hal qilish uchun bir necha oylik tatilga chiqdi. Natijada 24 yanvar kungi turnirda Jastin Getji va Peddi Pimblett vaqtinchalik chempionlik kamari uchun oktagonga chiqadi. 

Arman greppling yoki kurash bo'yicha o'z jangini o'tkazadi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: