
"Xabib va Islamda kurash, greppling yuqori darajada shakllangan. Lekin mutlaqo ikki xil taktika. Islam bilan kurashayotganimda doim bo'g'uvchi usullariga duch kelaman. Faqat men emas, deyarli hamma. Uning texnikasi juda yuqori, ayniqsa pastdan yaxshi kurashadi. Xabib esa yuqoridan xuddi iskanjaga tushgandek juda qattiq bosib turadi. Jismoniy va vazn bilan bosadi, raqibni aslo turishiga yo'l qo'ymaydi. SHu tariqa u raqibini ruhan sindiradi", - dedi Tuxugov.
