
Insayder Marsel Dorfning xabar berishicha, turnir doirasida o'ta engil vazn toifasida UFC reytingida 11-o'rinni egallab turgan amerikalik Aleks Peres (25-10-0) 13-pog'onadagi hamyurti CHarlz Jonson (18-7-0) bilan to'qnash keladi.
Peres 22 noyabr kuni Qatardagi UFC Fight Night turnirida jang qilib, qozog'istonlik Asu Almabaevga imkoniyatni boy bergandi. Jonson esa o'z vaqtida, aniqrog'i, mart oyida hamyurtimiz Ramazon Temirov bilan jangda mag'lubiyatga uchragandi. U shundan keyin bitta g'alabani o'z hisobiga yozdirib qo'yishga ulgurdi.
