
"U hali ham Xabibning soyasida. Islam degan nomni eshitganimda uni alohida o'ylay olmayman. "Islam" so'zini eshitganimda Xabibni eslayman. Birinchi bo'lib Xabibning timsoli xayolga keladi. Hozir ham shunday deb o'ylayman.
U yarim o'rta vazn toifasida chempionlik unvoni uchun jangda meni mag'lub etmadi. U Jorj Sen-Perni enga olmadi. Unga nisbatan hurmatsizlik bo'lmasa-da, xalqaro miqyosda uni jangchi sifatida hali ham kam bilishadi. Bu Della Maddalena unvonining birinchi himoyasi va uning uslubi Islamga juda mos edi. Menimcha, u hali ham Xabibning soyasida qolmoqda", - dedi Vudli NewBettingSites nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Maxachev va Della Maddalena o'rtasidagi jang 16 noyabrga o'tar kechasi Nyu-Yorkda UFC 322 turnirida bo'lib o'tgan va unda Islam hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozonib, yarim o'rta vazn toifasida promoushen chempioniga aylangandi.
