SportUz.Net
iks
ads

Ring IV: Night of the Champions ishtirokchilari tarozidan o'tib oldi

22.11.2025 09:09    


Rasmni yuklab olish

Bugun Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida katta prof boks oqshomi - Ring IV: Night of the Champions turniri bo'lib o'tadi.

Boks oqshomi ishtirokchilari rasmiy vazn o'lchash marosimidan o'tishdi. Kechaning markaziy jangida mag'lubiyat va murosa nimaligini bilmay kelayotgan 28 yoshli Devid Benavides (30-0, 24KO) 34 yoshli Entoni Yardga (27-3, 24KO) qarshi yarimog'ir vazn toifasida WBC chempionlik kamarini himoya qiladi. Benavides tarozida roppa-rosa 79 kg ko'rsatgan bo'lsa, Yard undan biroz engilroq chiqdi - 78,9.

Ikkinchi muhim jangda yana bir mag'lubiyatsiz bokschi, 24 yoshli yarimo'rta vazn toifasida WBO chempioni kichik Brayan Norman (28-0, 22KO) 27 yoshli engil va birinchi yarimo'rta vaznda sobiq chempion Devin Xeyni (32-0, 15KO) bilan to'qnash keladi. Normanning vazni 66,3 kg tos bosgan bo'lsa, Xeyni faoliyatidagi eng og'ir vazn - 66,5 kg bilan ringga chiqadi.


Ring IV: Night of the Champions. Qolgan juftliklarning torozi natijalari:

Birinchi o'ta engil vaznda WBA, WBC va IBF kamarlari uchun:

Jessi Rodriges (22–0, 15KO) — 52 kg

Fernando Martines (18–0, 9KO) — 51,3 kg


Engil vaznda vakant bo'lib turgan WBO kamari uchun:

Abdulla Meyson (19–0, 17KO) — 60,8 kg

Sem Nouks (17–0, 15KO) — 61,19 kg



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: