
BAA sharafini himoya qilayotgan Xamzat oyog'idagi jarrohlik amaliyotidan so'ng tiklanishi bilanoq, Ramazon oyidan keyin ilk himoya jangini o'tkazadi. Bu haqda mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan chechenistonlik aralash yakkakurash ustasi Adam Zubayraevga bergan intervyusida aytdi.
"Ramazondan keyin qaytaman. Hozir oyog'imdan kichik jarrohlik amaliyoti o'tkazaman. Keyin bir-ikki haftaga mashg'ulotlardan chetga chiqib, jarohatimni davolayman. Demak, Ramazondan keyin jangga to'laqonli tayyorgarlikni boshlaymiz. Raqib kim bo'ladi? Menga kimni berishsa, o'sha bilan jang qilaman", - dedi Borz.
Kecha jahonning eng yaxshi o'rta vazn toifasidagi jangchisi Kislovodskdagi o'quv-mashg'ulot yig'inini to'xtatib, Qatarga etib keldi. Xamzat u erda bugun o'z do'sti Arman Carukyanni yangi zelandiyalik engil vazn toifasidagi Den Xukerga qarshi davogarlik jangiga olib chiqadi.
Malumot uchun, musulmonlar uchun muqaddas Ramazon oyi 2026 yilning 17 fevralidan 19 martigacha bo'lib o'tadi.
