
Yangi zelandiyalik chempionlik jangi evaziga UFC’ga bu xizmatni bajonidil ko'rsatadi.
"Men ko'p odamlardan nafratlanaman. Ha, unga nisbatan nafrat bor, biz bir-birimizni yoqtirmasligimiz aniq. Lekin jang qanchalik yaqin bo'lsa, bularning barchasi orqa planga o'tib boraverdi. Men jangimizdan juda xursandman va undan hamma narsani olish imkoniyatini intiqlik bilan kutyapman. Arman chempionlik jangiga navbatda turgan birinchi raqamli davogar va men bu yigitning imkoniyatini o'g'irlamoqchiman.
Aynan shuning uchun Carukyan bilan jang qilishni so'radim. Men Xanter Kempbell va SHon SHelbiga bu jangni menga berishlarini iltimos qildim. Men ularga: "Bilaman, u sizga ham yoqmaydi - uni yo'ldan olib tashlashimga imkon bering" deb aytdim. Men sizni Gamrotdan qutqardim, endi Armandan ham qutqaraman. Lekin buning evaziga siz menga titul jangini berasiz.
Kecha u bilan ko'z urishtirib olgandik, qo'lchalarini iyagimga cho'zganida o'zimni kulgidan to'xtata olmadim. Men unga: "Mening shimim sening qo'lingdan uzunroq, og'ayni. Bunchalik hovliqma" dedim. Qo'l cho'zishda men albatta katta ustunlikka egaman. Ha, u kurashadi va meni charchatishga harakat qiladi, lekin kurashning eng yaxshi tomoni shundaki, ikki tomon ham charchaydi. SHuning uchun men undan sekinroq charchashim kerak. Ko'rinib turibdiki, ustunlik menda va u hech narsa qila olmaydi", - dedi Xuker Dohadagi matbuot anjumanida.
Malumot uchun, 22 noyabr kuni Qatar poytaxtida bo'lib o'tadigan UFC Fight Night 265 turnirining asosiy jangida Arman Carukyan va Den Xuker o'zaro oktagonda to'qnash kelishadi. Bu engil vaznlilar o'rtasidagi ehtimoliy davogarlik jangi hisoblanadi.
