SportUz.Net
iks
ads

Kay Kara-Frans vazndoshi Temirov singari UFC reytingidan chiqarildi

20.11.2025 09:03    


Rasmni yuklab olish

Yaqindagina eng engil vaznda UFC chempionlik kamari uchun davogarlik qilgan va kuchli beshlikda bo'lgan Kay Kara-Frans tashkilotning rasmiy reytingini tark etdi.

Taniqli sharhlovchi Ariel Xelvani malumotiga ko'ra, gap yangi zelandiyalikning istefosi haqida ketmayapti. Kara-Frans vakillarining jurnalistga malum qilishicha, jangchi bir yillik tanaffusga chiqishga qaror qilgan va doping tekshiruvidan o'tgan. Bu esa unga reytingda qolish imkonini bermaydi. Bu holat xuddi hamyurtimiz Ramazon Temirovning vaziyatiga o'xshab ketadi.  

Kara-Frans faoliyatini yakunlamaydi. U bo'sh vaqtini oilasi va shaxsiy hayotiga bag'ishlamoqchi. Kay Kara-Frans so'nggi to'rtta jangida uchta mag'lubiyatga uchradi. Joriy yilning iyun oyida u Aleksandra Pantojadan chempionlik kamarini tortib olishga urinib ko'rdi, ammo muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Braziliyalik chempion uni uchinchi raundda bo'g'ib qo'ydi. 

Umumiy hisobda 32 yoshli yangi zelandiyalik tashkilotda 8 ta g'alaba va 5 ta mag'lubiyat qayd etgan. U 2018 yildan beri dunyoning eng kuchli ligasida ishtirok etib kelmoqda.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: