
Yarim o'rta vazn toifasida UFC reytingida to'rtinchi o'rinni egallab turgan SHavkat Rahmonov yangi divizion chempioni Islam Maxachev uchun eng qiyin sinov bo'lishi mumkin, deb hisoblaydi Korme.
"SHavkat Rahmonov – bu men o'ylaydigan va aytadigan yigit: "Bu tasavvurimdagi eng aqldan ozgan jang". Islam Rahmonovga qarshi! SHavkatning gabariti, kurashdagi mahorati, kuchli zarbasi... chindan ham zo'r jang bo'ldi. O'tgan dam olish kunlari Islam faoliyatidagi eng qiyin jangni o'tkazadi deb o'ylagandim, ammo u bunday emasligini yaqqol ko'rsatdi. Agar u SHavkat bilan jang qilganida, menimcha, bu, shubhasiz, uning faoliyatidagi eng qiyin jang bo'lardi", - dedi Korme ESPN telekanalining "Good Guy/Bad Guy" tahliliy shousining navbatdagi sonida.
Malumot uchun, Surxondaryoda tug'ilgan qozog'istonlik aralash yakkakurash ustasi o'tgan yilning dekabr oyida hakamlarning yakdil qarori bilan Yen Machado Garrini mag'lub etib, birinchi raqamli davogar maqomini mustahkamlagandi. Ammo jarohati tufayli "Nomad" Belal Muhammad bilan chempionlik jangidan voz kechishga majbur bo'ldi. Belal esa may oyida Jek Della Maddalenaga chempionlik jagida imkoniyatini boy berdi.
O'tgan hafta oxirida avstraliyalik ilk himoya jangidayoq Islam Maxachevga yutqazdi.
