SportUz.Net
iks
ads

Dubayda o'tkaziladigan IBA Jahon chempionatida nechta mamlakat bokschilari qatnashishi aytildi

19.11.2025 18:06    


Rasmni yuklab olish

Xalqaro boks assosiaciyasi (IBA) prezidenti Umar Kremlyov erkaklar o'rtasidagi JCH haqida malumot berdi.

— Jahon chempionati oldidan qanday yangiliklar bor?

"Bu shunchaki jahon chempionati emas, balki ikki haftalik yirik boks festivali bo'ladi. U professional boks kechasini ham o'z ichiga oladi. Rossiya terma jamoasiga muxlislarini xafa qilmasliklari uchun ajoyib chiqishlarni tilayman. Butun mamlakat sportchilarimizni qo'llab-quvvatlaydi!".

— Jahon chempionatida nechta mamlakat ishtirok etadi?

"120 dan ortiq mamlakat ro'yxatdan o'tgan. Biz ushbu turnirda ko'plab jahon yulduzlarini kutyapmiz. Butun dunyo ushbu chempionatni kutmoqda. Juda katta hayajon bor".

— Jahon chempionatining sovrin jamg'armasi qancha bo'ladi?

"8,32 million dollarni tashkil etadi, bu rekord. Bundan tashqari, pul nafaqat sportchilarga, balki ularning murabbiylari va milliy federaciyalariga ham to'g'ridan-to'g'ri ketadi".

Malumot uchun, boks bo'yicha erkaklar o'rtasidagi IBA Jahon chempionati 2-13 dekabr kunlari BAAning Dubay shahrida bo'lib o'tadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: