
Uning aytishicha, Hindistondagi World Boxing turniriga bormagan mamlakatning birinchi va ikkinchi raqamli bokschilari O'zbekistonga keladi.
"Erkaklar terma jamoamizning birinchi va ikkinchi raqamli bokschilari noyabr oyining uchinchi o'n kunligida Toshkentga yo'l olishadi va u erda xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'inida ishtirok etishadi. Unda O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iz Respublikasi va Tailand terma jamoalari qo'shma mashg'ulot o'tkazishadi. Ayollar terma jamoamiz esa yil oxirigacha avvaldan belgilangan reja asosida ishlaydi", — dedi Akshalov.
Malumot uchun, 16-20 noyabr kunlari Hindistonda o'tkaziladigan World Boxing Jahon Kubogining yakuniy bosqichida Qozog'iston terma jamoasining ikkinchi va uchinchi raqamli bokschilari ringga chiqadi.
