SportUz.Net
iks
ads

Islam Maxachev: "Xabib Konorni sindirgan, u qaytmaydi"

15.11.2025 14:48    


Rasmni yuklab olish

Rossiyalik aralash yakkakurash ustasi UFC’ning ikki vazn toifasidagi sobiq chempioni Konor Makgregor endi hech qachon oktagonga chiqmasligiga ishonmoqda.

"Xabib uni ruhiy jihatdan sindirib bo'lgan. Bu yigit boshqa qaytmaydi. U endi hech qachon urishmaydi. Men bu haqda ikki yil oldin ham gapirgan edim va hali hamon o'z fikrimda qolyapman. Eshitishimcha, u dopingga qarshi kurash komissiyasidan diskvalifikaciya qilingan... Ehtimol, Jon Jons Oq uydagi jang uchun qaytib kelar, ammo Konor emas", - dedi Maxachev Complex News kanalida.

Eslatib o'tamiz, 37 yoshli Konor Makgregor 2026 yilning yozida o'tishi kerak bo'lgan Oq uydagi turnirda ishtirok etishni maqsad qilgan. SHu maqsadda u faol mashg'ulotlarni davom ettirmoqda.

2018 yilning kuzida Makgregor rossiyalik Xabib Nurmagomedovga megafaytda yutqazgandi. Islam aynan o'sha mag'lubiyat Makgregorni sindirgan demoqda.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: