SportUz.Net
iks
ads

Baxram Murtazaliev kamarini himoya qiladi. Raqib, sana, manzil aniq + POSTER

15.11.2025 15:48    


Rasmni yuklab olish

Isroil Madrimovning vazn toifasida IBF yo'nalishi chempioni rossiyalik Baxram Murtazalievning navbatdagi jangi tafsilotlari malum bo'ldi.

U 31 yanvar kuni Angliyaning Nyukasl shahrida tashkil etiladigan prof boks oqshomida britaniyalik Josh Kelliga qarshi ringga ko'tariladi. Bu oqshomning asosiy jangi bo'ladi. 

Eslatib o'tamiz, Baxram Murtazaliev o'tgan yilning oktyabr oyida Tim Czyuni muddatidan avval mag'lub etgandi. O'shandan beri u ringga chiqmadi.

SHuningdek, yana bir qator qiziqarli janglar elon qilindi:

24 yanvar, Las-Vegas: Reymond Muratali vs Endi Kruz / IBF engil vazn toifasi chempionligi uchun jang

21 fevral, Nottingem: Li Vud vs Josh Uorrington / ikkinchi yarim engil vaznda revansh jangi

28 fevral, Glendeyl: Emanuel Navarrete vs Eduardo Nunes / ikkinchi yarim engil vazn toifasida (59 kg gacha) IBF va WBO kamarlari uchun jang



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: