SportUz.Net
iks
ads

Mayk Tayson ayni paytda dunyoning eng yaxshi bokschisi kimligini aytdi

15.11.2025 14:27    


Rasmni yuklab olish

Boks afsonasi Mayk Tayson hozirgi avlodning eng yaxshi bokschisi kim degan savolga javob berdi.

"Terens Krouford Saul Alvaresga qarshi jangiga 40 million tomoshabin yig'di. Aleksandr Usik Dyubua bilan so'nggi jangiga qancha muxlis jalb qildi? Birgina shuning o'zidan kelib chiqib aytadigan bo'lsam, Krouford o'z avlodining eng yaxshi bokschisi. Bilasizmi, kimni eng yaxshi deb bilish kerak? Eng yaxshi boks texnikasiga ega sportchini emas, balki o'z janglariga eng ko'p odamni jalb qila oladigan bokschini eng yaxshi deb atash kerak", - deya Taysonning so'zlarini keltiradi Hardrock portali.

Eslatib o'tamiz, sentyabr oyida Terens Krouford meksikalik Saul Alvaresni hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etib, meksikalikka tegishli chempionlik kamarlarini tortib olgandi. Ushbu g'alaba evaziga amerikalik The Ring jurnalining P4P reytingida birinchi o'ringa qaytgan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: