SportUz.Net
iks
ads

Daniel Korme oktagonga qaytmoqchi, raqib ham malum

15.11.2025 16:12    


Rasmni yuklab olish

Ikki vaznda sobiq UFC chempioni Daniel Korme faoliyatini qayta tiklash haqida o'ylay boshladi.

U UFC 321 turniri oldidan Tom Aspinall bilan yuzma-yuz suhbatda Jailton Almeyda kabi og'ir vaznlilar jang qilishni bilmasligini va o'z so'zlarini oktagonda tasdiqlashga tayyorligini aytgandi.

Jahonning eng kuchli ligasi sharhlovchisi braziliyalik bilan jang qilishga tayyorligini UFC 322 turniri uchun ko'rgazmali vazn o'lchash marosimi paytida ham malum qildi.

"Men Jailton Almeyda bilan jang qilishim mumkin edi. U erda biz faqat kurash bo'yicha bellashamiz. Almeyda bilan yakkama-yakka olishuvda imkoniyatim bor. Men va Jailton, oktagon ichidagi kurash. Bu xavfsiz. Ha, juda xavfsiz. Ikkalamiz ham bir-birimizni parterga o'tkazamiz. Men Jailton bilan mushtlashishim va keyin navbatdagi jangni sharhlashga borishim mumkin", - dedi 46 yoshli Korme tashkilotning og'ir vaznli jangchilaridan qaysi biriga qarshi oktagonga chiqishi mumkinligi haqida berilgan savolga javob berar ekan.

Malumot uchun, Daniel Korme 2020 yil avgust oyida chempionlik trilogiyasining so'nggi jangida Stipe Miochichga ochkolar bo'yicha yutqazib, faoliyatini yakunlagandi. Jailton Almeyda esa oktyabr oyida bo'lajak davogarlik jangida uch raund natijalariga ko'ra Aleksandr Volkovga hakamlarning ayri qarori bilan mag'lub bo'lgan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: