SportUz.Net
photo photo

AIBA prezidenti bilan uchrashuvda O'zbekistonda boks bo'yicha yirik musobaqalarni tashkil qilish masalasi muhokama qilindi

08.02.2021 13:20    


Rasmni yuklab olish

O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov hamda O'zbekiston MOQ raisi o'rinbosari, O'zbekiston boks federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari Saken Polatov ayni paytda xizmat safari bilan Rossiya Federaciyasida bo'lib turishibdi.

Mutasaddilarimiz tashrif davomida Xalqaro havaskor bokschilar associaciyasi (AIBA) prezidenti Umar Kremlev va Rossiya boks federaciyasi bosh kotibi Kirill SHekutev bilan uchrashib, kelajakdagi rejalar xususida fikr almashishdi.

Avvalambor, Sizni ushbu tashkilotga rahbar etib saylanganingiz bilan yana bir bor samimiy qutlab qolamiz. O'zbekiston va Rossiya terma jamoalari jahonda doimo etakchilar qatorida etirof etilishgan. O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi mamlakatlarimiz o'rtasidagi aloqalarni rivojlantirish va Siz rahbarlik qilayotgan tashkilotlar bilan chuqur hamkorlikni yo'lga qo'yishdan minnatdor. Yurtimizda nafaqat boksni, balki sportning barcha turlarini rivojlantirish uchun hukumat darajasida etibor qaratilmoqda”, – dedi Oybek Kasimov.

O'z navbatida, Saken Polatov hamkorlik borasida fikrlarini bildirib o'tdi.

O'zbekistonda boksni yanada rivojlantirish borasida yangi qaror va loyihalar, davlat dasturlari tayyorlanmoqda. Hukumatimizning qo'llab-quvvatlashi bilan bokschilarimiz yanada katta natijalar qayd etib kelishmoqda. Hozirda jamoamiz Tokio Olimpiadasi va unga yo'llanma beruvchi licenzion musobaqaga qizg'in hozirlik olib bormoqda. Umid qilamizki, biz bu musobaqalarda ham yuqori natija qayd eta olamiz”, – dedi Saken Polatov.

Moskvadagi Boks taraqqiyot markazida o'tgan suhbat davomida tomonlar terma jamoalarimiz o'rtasida qo'shma o'quv-mashg'ulot yig'inlarini yo'lga qo'yish, O'zbekistonda boks bo'yicha yirik musobaqalarni tashkil qilish kabi masalalar bo'yicha muzokaralar olib borishdi. O'z navbatida Umar Kremlev uchrashuv borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“Bugun juda samimiy va ko'tarinki ruhda uchrashuv o'tkazdik. Bilamizki, boks – O'zbekistonda eng sevimli sport turlaridan biri. Aminmanki, bunday sayi-harakatlarimiz yangi chempionlarni kashf qilishda muhim o'rin tutadi”, – dedi AIBA prezidenti.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: