SportUz.Net
iks
ads

Sakkizta nokaut qayd etilgan UFC Fight Night 264 turnirining barcha natijalari bitta xabarda

09.11.2025 11:24    


Rasmni yuklab olish

Bizning vaqt bilan bugun tong saharda AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida navbatdagi UFC turniri bo'lib o'tdi.

UFC Fight Night 264 oqshomidan jami 12 ta jang o'rin olgan bo'lib, ularning 8 tasi muddatidan avval yakuniga etdi. Asosiy kardning barcha janglarida nokaut yoki texnik nokaut qayd etildi. Kechaning asosiy jangi yarimo'rta vazn toifasida braziliyalik Gabriel Bonfim hamda Yamayka sharafini himoya qilayotgan Rendi Braun o'rtasida o'tkazilib, ikkinchi raundda reytingning 14-pog'onasida borayotgan Bonfimning texnik nokautli g'alabasi bilan yakunlandi.  

Referi Mark Smit ikkinchi raundning 1-daqiqasi 40-soniyasi o'tib borayotgan bir pallada texnik nokaut qayd etib, jangni to'xtatdi. Braun esa hakamning qaroriga norozilik bildirdi va jangni davom ettirishga tayyorligini aytdi. Ammo referi bunga ko'nmadi. 

Turnirning co-main event jangida Mett SHnell birinchi raundning birinchi daqiqasidayoq raqibi Jozef Moralesni parterga tushirdi, ammo tezda poziciyani berib qo'ydi. Natijada Morales gilotina usulida raqibini taslim etdi. Mett og'riq natijasida taslim bo'lganini tan oldi. 

Oqshomning ahamiyati jihatidan uchinchi jangida rossiyalik yarimo'rta vazn toifasi vakili Muslim Salixov asli serbiyalik, hozirda AQSH sharafini himoya qilayotgan Urosh Medichga birinchi raundning 63-soniyasidayoq texnik nokaut bilan yutqazib qo'ydi. 41 yoshli Salixov uchta g'alabali seriya bilan kelayotgandi. 

SHuningdek, bugungi UFC turnirida Kris Padilla, Kristian Leroy Dankan, Josh Xokit, Daniel Markos va Zakari Riz ham o'z raqiblarini muddatidan avval mag'lub etishga muvaffaq bo'lishdi. 


UFC Fight Night 264 turnirining barcha natijalari:

Asosiy kard janglari

Gabriel Bonfim Rendi Braunni nokautga (tizza bilan zarba) uchratdi – 2-raund, 1:40

Jozef Morales Mett SHnell sabmishn (gilotina usulida bo'g'ish) evaziga yutdi – 1-raund, 2:54

Urosh Medich Muslim Salixovni texnik nokaut (zarba) bilan mag'lub etdi – 1-raund, 1:03

Kris Padilla Ismael Bonfimni texnik nokaut (zarba) bilan engdi – 2-raund, 4:30

Kristian Leroy Dankan Marko Tulioni nokaut (aylanib qo'l bilan zarba) qildi – 2-raund, 3:20


Prelim kard janglari

Jamall Emmers Xayder Emilni hakamlar qaroriga (29-27, 30-27, 30-27) ko'ra taslim etdi

Raoni Barselos Riki Simoni ochkolar bo'yicha (29-28, 29-28, 29-28) yutdi

Jaklin Kavalkanti Mayra Bueno Silva ochkolar hisobi (29-28, 30-27, 30-27) bilan engdi

Josh Xokit Maks Gimenisni texnik nokautga (zarba) uchratdi – 1-raund, 0:56

Deniz Gomes raqibasi Tish Penningtonni ochkolar (30-27, 30-27, 30-27) hisobiga engdi

Daniel Markos Maylz Jonsni texnik sabmishn (ortdan bo'g'ish) evaziga yutdi – 2-raund, 4:23

Zakari Riz Jekson MakVey sabmishn (ortdan bo'g'ish) evaziga mag'lubiyatga uchratdi – 2- raund, 1:38



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: