
Oqshom doirasida shveciyalik superog'ir vazn toifasidagi Otto Vallin amerikalik Kris Tomasga qarshi ringga ko'tarildi. 34 yoshli Vallin ikkinchi raunddayoq raqibini kuchli va aniq xuk zarbasi evaziga chuqur nokautga uchratdi.
Jang yakunlanganidan keyin Otto superog'ir vazn toifasining Top-10`taligidan joy olgan uch bokschini ringga chorladi: Agit Kabayel, Fabio Uordli, Mozes Itauma.
Eslatib o'tamiz, Vallin faoliyati davomida birinchi og'ir vaznda sobiq jahon chempioni rossiyalik Murat Gassievni mag'lubiyatga uchratgan. Britaniyalik sobiq jahon chempionlari Entoni Joshua va Tayson Fyuriga imkoniyatni boy bergan.





Yosh MMAchimiz Avazbek Xolmirzaev tajribali raqibini birinchi raunddayoq taslim etdi (VIDEO)