SportUz.Net
iks
ads

Den Xuker Maxachev - Della Maddalena jangiga o'z taxminini aytdi

08.11.2025 14:48    


Rasmni yuklab olish

Engil vazn toifasi UFC reytingida ettinchi o'rinni egallab turgan Den Xuker kelasi hafta o'tkaziladigan UFC 322 turnirining asosiy jangi haqida gapirdi.

16 noyabr tongida Nyu-Yorkda o'tkaziladigan oqshomning asosiy jangi rossiyalik Islam Maxachev hamda yarim o'rta vazn toifasida amaldagi UFC chempioni avstraliyalik Jek Della Maddalana o'rtasidagi kechadi. 

"Jek gavdala tuzilishi jihatidan yirikroq bo'lgani uchun, agar chempionlik raundlariga etib borsa, g'alaba qozonish imkoniyati oshadi. Aynan uning gavdasi va o'lchamlari unga ustunlik berishi mumkin. Ammo Islam nihoyatda aqlli jangchi. Tik turgan holda uni qo'lga tushirish juda qiyin - Maxachev o'zini urishlarini yoqtirmaydi. Bundan tashqari, Islam ham parterda juda ehtiyotkor. Uni qo'lga kiritish juda qiyin, unga zarar etkazishni boshlash juda mushkul. Lekin hozir yarim o'rta vaznda Jekdan yaxshiroq jangchi yo'qligini his qilyapman. Bu jangda Della Maddalena g'alaba qozonishini kutyapman. Bu mening taxminim", - deya Xukerning so'zlarini keltiradi Red Corner MMA’ning X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: