SportUz.Net
iks
ads

O'lim to'shagida yotgan Ben Askren mashg'ulotlarga qaytdi + VIDEO

08.11.2025 14:06    


Rasmni yuklab olish

SHu yilning iyun oyida o'pka transplantaciyasini o'tkazgan UFC, Bellator va ONE promoushenlari sobiq jangchisi Ben Askren sport zaliga qaytib, birinchi kurash mashg'ulotini o'tkazdi.

"Menga bir-ikkita kurash videolarini jo'natishdi va men o'zimni tutib tura olmadim. To'rt oy burun o'lim to'shagida yotgan edim. Uch oy oldin birovning yordamisiz turolmasdim. Ikki oy oldin ham xodunoklardan foydalanardim. Sening bahonang nima? Iplaringni mahkamroq bog'la - ishga kirish! Yana shug'ullanish imkoniyatiga ega bo'lganim va jamoaning og'ir damlarda menga ko'rsatgan barcha yordami uchun cheksiz minnatdorman", - deb yozdi Askren ijtimoiy tarmoqda birinchi mashg'ulot videosini joylab.

Iyun oyi boshida Ben Askren pnevmoniyaning og'ir shakli bilan kasalxonaga yotqizilgan, to'rt hafta o'tgach, sobiq jangchi operaciya qilingan, iyul oyi oxirida esa amerikalik to'rt marta klinik o'lim holatida bo'lgandi. 

Erkin kurash bo'yicha AQSH terma jamoasining sobiq azosi, 41 yoshli Ben Askren 2019 yilda MMAdagi faoliyatini yakunlagan, 2021 yilda esa bloger Jeyk Polga boks jangida nokaut bilan yutqazgandi. Faoliyatini yakunlagach, amerikalik murabbiylik faoliyati bilan shug'ullangan, shuningdek, YouTube’da tahliliy podkast olib borgan.




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: