SportUz.Net
iks
ads

Arman Carukyan faoliyatini yakunlash muddatini aytdi

08.11.2025 13:24    


Rasmni yuklab olish

UFC engil vazn toifasi reytingining ikkinchi raqamli jangchisi Arman Carukyan o'ziga shu haqda berilgan savolga javob berdi.

Asli kelib chiqishi armanistonlik bo'lgan rossiyalik aralash yakkakurash ustasi qachon professional formasi cho'qqisiga chiqmoqchiligi va qo'lqoplarni mixga ilishdan oldin necha yil jang qilmoqchiligi haqida gapirdi.

"Hozir 29 yoshdaman va etti yildan so'ng, shartli ravishda aytganda, faoliyatimni yakunlashim kerak. O'sha paytda 36-37 yosh bo'laman. Eng yuqori cho'qqi 31 yoshga to'g'ri kelsa kerak. 31 yoshdan 34 yoshgacha ko'p yillik tajribamga suyanib janglarimni o'tkazaman. Ammo hozircha sportsiz qanday yashashimni tasavvur ham qila olmayman", - dedi Carukyan YouTube’dagi kanalida elon qilingan videoda.

Ayni damda Arman Carukyan 22 noyabr kuni Qatar poytaxti Doha shahrida bo'lib o'tadigan UFC Fight Night 265 turniriga tayyorgarlik ko'rmoqda. U oqshomning asosiy jangida yangi zelandiyalik Den Xukerga qarshi oktagonga chiqadi. Ushbu jang potencial davogarlik bahsi sifatida etirof etilmoqda.

Rossiyalik yakkakurash ustasi yil boshida olgan jarohati tufayli so'nggi daqiqalarda Islam Maxachevga qarshi chempionlik jangidan chiqqan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: