SportUz.Net
iks
ads

Asosiy jangi Dvalishvili - Yan 2 bo'lgan UFC 323 turnirining rasmiy posteri tasdiqlandi + FOTO

08.11.2025 12:42    


Rasmni yuklab olish

UFC matbuot xizmati tomonidan raqamli UFC 323 turnirining rasmiy posteri elon qilindi.

Bu turnir 6 dekabr kuni AQSHning Las-Vegas shahridagi "T-Mobile Arena"da bo'lib o'tadi. Oqshomning asosiy jangi o'ta engil vazn toifasida amaldagi UFC chempioni, gruziyalik 34 yoshli Merab Dvalishvili rossiyalik 32 yoshli sobiq chempion Petr Yanga qarshi oktagonga chiqadi. 

Malumot uchun, Merab professional MMAdagi faoliyatini 2014 yilning yanvar oyida boshlagan. 2017 yilning dekabridan UFC jangchisi sifatida oktagonga chiqib kelyapti. Ayni paytda Dvalishvili 14 g'alabali seriya bilan kelmoqda. Bu o'zi jang qilayotgan divizion uchun UFC rekordi hisoblanadi. Petr esa professional MMAda Merab singari 2014 yilda debyut qilgan. Uning hisobida 19 g'alaba va 5 mag'lubiyat bor. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: