
"Albatta, Islam yaxshiroq, ayniqsa, zarba berishda. Uning arsenali ko'proq, texnikasi toza, Xabibga o'xshab shoshilmaydi. U yaqqol o'sishga erishdi va o'ylaymanki, yarimo'rta vaznga ko'tarilgach, yanada yaxshi formada bo'ladi", - dedi avstraliyalik Jek.
Jek Della Maddalena 15 noyabr kuni Nyu-Yorkda bo'lib o'tadigan UFC 322 turnirida chempionlik kamarini aynan uning vazniga ko'tarilgan Islam Maxachevdan himoya qiladi. Agar Islam g'alaba qozonsa, ikki divizion chempionligini qo'lga kiritgan jangchiga aylanadi va vazn toifasidan qati nazar tashkilotning eng yaxshi jangchilari reytingida birinchi o'rinni qaytarib oladi.

UFC Fight Night 264 turniri ishtirokchilari taroziga chiqdi, bir jangchi vazn qila olmadi