
Oqshomning markaziy jangi yarim o'rta vazn toifasida WBA kamari uchun majburiy davogar bo'lib turgan hamyurtimiz SHahram G'iyosov hamda Rossiya vakili Mark Urvanov o'rtasida kechadi. Jang 8 raund etib belgilangan.
Bundan tashqari, oqshom doirasida Bahodir Jalolov, Lazizbek Mullojonov, SHohjahon Abdullaev, Aloxon Abdullaev, Rajab Butaev (Rossiya) singari taniqli charm qo'lqop ustalari ringga ko'tariladi.
Musobaqaning to'liq kardi quyidagicha:
Markaziy jang. Yarim o'rta vazn toifasida 8 raundlik jang: SHahram G'iyosov (O'zbekiston, 17-0-0) - Mark Urvanov (Rossiya, 25-4-2)
Super og'ir vaznda 8 raundlik jang: Bahodir Jalolov (O'zbekiston, 16-0-0) - Solomon Adebayo (Nigeriya, 14-0-0)
Super og'ir vaznda WBC CISBB kamari uchun 10 raundlik jang: Lazizbek Mullojonov (O'zbekiston, 6-0-0) - Monyasahu Muritador (Nigeriya, 6-3-2)
Og'ir vaznda 6 raundlik jang: SHohjahon Abdullaev (O'zbekiston, 5-0-0) - Gutram Ngoya (Tanzaniya, 13-2-0)
Super og'ir vaznda 6 raundlik jang: Ozodbek Aliev (O'zbekiston, 3-0-0) - Aleksandr Zubkov (Rossiya, 11-12-0)
Ikkinchi o'rta vaznda WBC CISBB kamari uchun 10 raundlik jang: Nurislom Ismoilov (O'zbekiston, 7-0-0) - Jozef Maigvisya (Tanzaniya, 15-5-0)
Ikkinchi o'rta vaznda 6 raundlik jang: Aloxon Abdullaev (O'zbekiston, 4-0-1) - Suhrob Qayumov (O'zbekiston, 4-0-1)
Super yarim o'rta vaznda 8 raundlik jang: Rajab Butaev (Rossiya, 15-1-0) - Artyom Pugach (Rossiya, 3-12-4)
Yarim engil vaznda 6 raundlik jang: Baxtiyor Ilyosov (O'zbekiston, 1-4-0) - Xursand Imankuliev (Turkmaniston, 4-0-0)
Yarim o'rta vaznda 6 raundlik jang: SHerzod Xabibov (O'zbekiston, 4-0-0) - Raqib nomalum.