SportUz.Net
iks
ads

So'nggi jangida Madrimovni yutgan Ortis o'zi singari mag'lubiyati yo'q bokschiga qarshi WBC kamari uchun ringga chiqadi

08.11.2025 16:12    


Rasmni yuklab olish

Ertaga tong saharda AQSHning Texas shtati Fort-Uert shahridagi "Dickies Arena"da professional boks turniri bo'lib o'tadi.

Oqshomning asosiy jangi birinchi o'rta vazn toifasida vaqtinchalik WBC chempionlik kamari uchun kechadi. Unda ushbu kamarning egasi kichik Verjil Ortis o'zi singari mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Erikson Lyublinga qarshi ringga ko'tariladi. 

Bugun bokschilar rasmiy tarozidan o'tish hamda face to face marosimlarida hozir bo'lishdi. Ortis tarozida raqibidan 100 gramm engilroq chiqdi - 69,8 kg. Erikson Lyubin 69,9 kg vazn qayd etdi. Har ikki bokschi belgilangan vazn meyorini bajardi. 

Turnirning ahamiyati jihatidan ikkinchi jangi, yani co-main event`da amerikalik supero'rta vazn toifasi (76,2 kg.gacha) vakillari Darius Fulgum va Devid Stivens o'zaro to'qnash keladi. Fulguma — 76,1 kg; Stivensa — 76,2 kg vazn ko'rsatdi.

Yana bir jang birinchi og'ir vazn toifasida tashkil etiladi. Unda shveciyalik Robin Safar (90,6 kg) va amerikalik Dirik Miller (89,6 kg) o'zaro ringni ikkiga bo'lishadi. Har ikki bokschi professional faoliyati davomida mag'lubiyatga uchramagan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: