SportUz.Net
iks
ads

Maykl Bisping UFC’ning boksi eng yaxshi jangchisini aytdi

08.11.2025 15:30    


Rasmni yuklab olish

Sobiq UFC chempioni, hozirda sharhlovchi va tahlilchi bo'lib ishlayotgan Maykl Bisping bugungi kundagi boksi eng yaxshi yo'lga qo'yilgan jangchi kim degan savolga javob berdi.

Mayklning fikricha, avstraliyalik chempion Jek Della Maddalena bugungi kundagi boksi eng yaxshi jangchi ekan. Uning chempionlik himoya jangi 16 noyabr kuni UFC 322 turniri doirasida rossiyalik Islam Maxachevga qarshi bo'lib o'tadi. 

"Bu Jek Della Maddalenaga nisbatan biroz hurmatsizlikdek tuyuladi. Jek faqat dastlabki ikki jangda mag'lub bo'ldi va o'shandan beri mag'lubiyatga uchramadi. U katta yigit, haqiqiy yarim o'rta vaznli. Uning boksi yaxshi yo'lga qo'yilgan, ehtimol, butun UFC’dagi eng yaxshisi hamdir", - dedi Bisping jurnalist Mayk Bonga bergan intervyusida.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: