SportUz.Net
iks
ads

UFC Fight Night 264 turnirining asosiy jangida ham nokaut qayd etildi

09.11.2025 10:18    


Rasmni yuklab olish

Biroz avval AQSHning Las-Vegas shahrida UFC Fight Night 264 turniri yakuniga etdi.

Oqshomning asosiy jangi yarimo'rta vazn toifasida o'tkazildi. Unda braziliyalik 28 yoshli Gabriel Bonfim Yamayka sharafini himoya qilayotgan 35 yashar Rendi Braunga qarshi oktagonga chiqdi. Jangning ikkinchi raundida Bonfim raqibini texnik nokautga uchratdi. 

Bonfim tizza zarbasi bilan raqibini oktagonga qulatdi. Referi darhol jangni to'xtatdi. Braun o'rnidan turib, jangni davom ettirishga tayyorligini bildirdi. Ammo referi bunga ruxsat bermadi. Braun so'nggi uchta jangining ikkitasida mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. Bonfim esa ketma-ket to'rtinchi g'alabasini tantana qildi. Bugungi jang oldidan u reytigda 14-o'rinni egallab turgandi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: