SportUz.Net
iks
ads

Kuchli uchlikdamiz! O'zbekiston Ar-Riyoddagi Islom birdamlik o'yinlarini muvaffaqiyatli boshladi

08.11.2025 23:27    


Rasmni yuklab olish

Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida VI Islom birdamlik o'yinlarining birinchi kungi bahslari ortda qoldi.

Kun davomida O'zbekiston delegaciyasi futzal, boks, dzyudo va suzish bellashuvlarida ishtirok etdi. Yakunda sportchilarimiz 1 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medallariga ega chiqishdi.

Oltin:

Zamoxshari Bekmurodov (dzyudo, 66 kg).

Kumush:

SHahram Ahadov (dzyudo, 73 kg)

Ilya Sibircev (suzish, 1500 m erkin usulda).

Bronza:

Laziza Haydarova (dzyudo, 48 kg)

SHukurjon Aminova (dzyudo, 57 kg).

Medallar jamg'arish reytingida delegaciyamiz ayni damda uchinchi o'rinni egallab turibdi. Bizdan oldinda Turkiya (14 ta oltin, 4 ta kumush va 4 ta bronza) hamda Indoneziya (3 ta oltin, 7 ta kumush) bor.




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: