SportUz.Net
iks
ads

41 yoshli Muslim Salixov birinchi raunddayoq nokaut bilan yutqazdi

09.11.2025 09:57    


Rasmni yuklab olish

AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida navbatdagi UFC turniri bo'lib o'tdi.

UFC on ESPN 73 turniri doirasida rossiyalik Muslim Salixov serbiyalik Urosh Medichga qarshi oktagonga chiqdi. Yarimo'rta vazn toifasidagi ushbu jang asosiy karddan joy olgandi. Birinchi raundning birinchi daqiqasidayoq Urosh raqibini nokautga uchrata oldi. 

41 yoshli Salixov ketma-ket uchta g'alabadan keyin mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. G'alabalari soni 22 taligicha qoldi. Medich esa UFC promoushenidagi qatorasiga ikkinchi g'alabasini qo'lga kiritdi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: