bugun hamyurtimiz Nursulton Ro‘ziboev (30-8-2) Italiyaning Milan shahrida tashkil qilinadigan "Breve FC" promoushenida o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazishi lozim edi.
Biroq sportchimiz ovqatdan zaxarlanish tufayli jangda ishtirok eta olmasligi ma’lum bo‘ldi. Shunga qaramay, hamyurtimiz oktagonga ko‘tarilishni istagan. Lekin shifokorlar bunga rozi bo‘lmagan.
Eslatib o‘tamiz, Ro‘ziboevga rossiyalik Abdul Abduraguimov (12-1-0) raqiblik qilishi rejalashtirilgandi. Endi ushbu jang promoushenning navbatdagi turnirida o‘tkaziladi.
Iliya Topuriya: "Hammasi menga bog'liq bo'lganida, 13 iyul kuniyoq Maxachev bilan jang qilardim"