SportUz.Net
photo photo

Zarrux jang o'tkazgan UFC turnirining bonus sohiblari malum

01.08.2021 18:20    


Rasmni yuklab olish

Xabar berganimizdek, bugun AQSHning Las-Vegas shahrida navbatdagi UFC turniri bo'lib o'tdi.

Tashkilotchilar UFC on ESPN 28 turnirining eng yaxshi jangchilari uchun atalgan bonuslar kimlarga taqdim etilishini malum qilishdi. SHeyanni Bays, Melsik Bagdasaryan, Brayan Barberena va Jeyson Uitt kafolatlangan gonorardan tashqari qo'shimcha 50 000 $ mukofot puliga ham ega bo'lishdi. 

Brayan Barberena va Jeyson Uitt "Oqshomning eng yaxshi jangi" uchun bonus sohiblari bo'lishdi. SHeyanni Bays va Melsik Bagdasaryan esa chiroyli jang va g'alaba uchun bonusga loyiq ko'rilishdi. Ushbu oqshomda hamyurtimiz Zarrux Adashev ochkolar hisobiga ko'ra raqibini mag'lubiyatga uchratgan edi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: