SportUz.Net
iks
ads

Aljameyn Sterling uch raqib, jumladan, Movsar Evloevni ham jangga chorladi

22.12.2025 15:12    


Rasmni yuklab olish

Eng engil vaznda sobiq UFC chempioni Aljameyn Sterling yarim engil divizionning bir nechta top jangchilarini keskin formada oktagonga chaqirdi va janglardan birining aniq vaqti va joyini aytdi.

"Leron Myorfi, men tayyorman! Fevral yoki mart oyida o'z shahringda (Manchesterda). Davrani qizdiring, men tayyorman. Yair Rodriges, men tayyorman! Movsar Evloev, men o'sha jangda g'alaba qozongandim! Sizlarga tayyorman, ablahlar. Dana Uaytga ayting, sizni tayyorlasin. Agar Oq uyga borishni istasangiz, siz bilan birga boraman. Axir men bu erda juda katta pul ishlab topmoqchiman, og'aynilar", - dedi Sterling ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida elon qilingan videoda.

2023 yil avgust oyida SHon O`Mellidan qabul qilib olgan mag'lubiyatdan so'ng yarim engil vazn toifasiga o'tgan Sterling 2024 yil dekabr oyida rossiyalik Movsar Evloevga qarshi jang o'tkazdi va hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub bo'ldi.

Britaniyalik Leron Myorfi ayni paytda UFC yarim engil vazn toifasi reytingida uchinchi, meksikalik Yair Rodriges esa to'rtinchi o'rinni egallab turibdi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: