
Xabar berganimizdek, turnir doirasida o'zbekistonlik Qodirxon G'aniev Braziliya vakili Markos Rojerio de Lima bilan bahs olib bordi.
Og'ir vazn toifasida tashkil etilgan 3 raundlik bellashuv ikkinchi raundda yakunlandi. Rojerio de Lima hamyurtimizni texnik nokaut orqali taslim etdi.
Malumot uchun, Qodirxon faoliyati davomida hozirgacha 13 ta jang o'tkazib, 7 ta g'alaba va 6 ta mag'lubiyat qayd etdi. Markos Rojerio de Lima (23-9-1) esa UFC sobiq jangchisi sanaladi. 40 yashar sportchi mazkur nufuzli Ligada jami 18 ta jangda 11 ta g'alaba va 7 ta mag'lubiyatni o'z hisobiga yozdirib qo'ygan.