
Avstraliyaning No Limit Boxing promouterlik kompaniyasi 2026 yilning 16 yanvar kuni bo'lib o'tadigan boks oqshomi haqida xabar berdi.
Asosiy jang mahalliy bokschilar Nikita Czyu va Maykl Zerafa o'rtasida bo'lib o'tadi. Jang 71,2 kg gacha (oraliq vazn) bo'lgan vazn toifasida o'tkazilishi kutilmoqda.
Bokschilar va ularning promouterlari ushbu jangni biroz oldinroq - dekabr oyida tashkil etishni rejalashtirgan edi. Ammo Konstantin Czyuning o'g'li yo'l-transport hodisasiga uchragani sababli biroz kechiktirishga qaror qilingandi.
Malumot uchun, kichik Czyu hozircha professional ringda mag'lubiyatsiz odimlamoqda.

Asadbek Saidov keyingi jangini tojikistonlik Fazliddin Madrahimovga qarshi o'tkazishi mumkin (VIDEO)