
"Men jamoamga chempionlikni qo'lga kiritgach, o'rta vaznga o'tishimni aytgandim. Lekin o'rta vaznga faqat chempionlik jangi berilsagina o'tishim mumki. Ammo hozir butunlay, 100 foiz etiborimni o'z divizionimdagi titulga qaratganman", - deya Proxazkaning so'zlarini keltiradi Bloody Elbow nashri.
Eslatib o'tamiz, hozirda Proxazka yarim og'ir vazn toifasidagi davogarlar reytingida birinchi o'rinni egallab turibdi. Yarim og'ir vaznda UFC chempioni braziliyalik 38 yoshli Aleks Pereyra bo'lib, u Proxazkani ikki marta nokautga uchratgan.
Eslatib o'tamiz, oktyabr oyida UFC 320 turirida bo'lib o'tgan so'nggi jangida Irji amerikalik Xalil Rauntrini texnik nokautga uchratgandi.

Islom birdamligi o'yinlari: musobaqa tarixi va O'zbekistonning ishtiroki qanday bo'lgan?
Asadbek Saidov keyingi jangini tojikistonlik Fazliddin Madrahimovga qarshi o'tkazishi mumkin (VIDEO)