SportUz.Net
iks
ads

SHohasanning sobiq raqibi Xamzat CHapanov Octagon League chemiponiga aylandi

30.10.2025 10:39    


Rasmni yuklab olish

Kecha Ostona shahrida (Qozog'iston) MMA bo'yicha Octagon 80 turniri tashkil etildi.

Musobaqaning markaziy bahsida rossiyalik aralash yakka kurash ustasi Xamzat CHapanov Qozog'iston vakili Baurjan Kuanishbaev bilan to'qnash keldi.

Jangda CHapanov hakamlarning yakdil qarori ila g'alaba qozondi va o'rta vzan toifasida Octagon League'ning yangi chempioniga aylandi.

Bu orqali Xamzat faoliyatidagi 21-jangida 16-g'alabasini nishonladi. Kuanishbaev hisobida esa endi 19 ta g'alabadan tashqari 7 ta mag'lubiyat bor.

Eslatib o'tamiz, 27 yoshli Xamzat CHapanov 2023 yil sentyabr oyida taniqli hamyurtimiz SHohasan Mirzamatov bilan jang qilib, g'olib bo'lgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: