SportUz.Net
iks
ads

Pakyao Meyvezer bilan revansh jangi muzokaralari o'tkazilayotganini tasdiqladi

30.10.2025 10:06    


Rasmni yuklab olish

Sakkiz vazn toifasida sobiq jahon chempioni 46 yoshli Menni Pakyaoning 48 yashar Floyd Meyvezerga qarshi revansh jangi o'tkazishi haqida xabar tarqagandi.

Filippinlik boks afsonasi bu xabarlar asosga ega ekani, muzokalar ham boshlanganini malum qildi. Revansh maqomidagi jang 2026 yilda bo'lib o'tishi mumkin. Pakyao shu yilning yozida professional ringga qaytgan va yarim o'rta vazn toifasida WBC chempioni Mario Barriosga qarshi 12 raundlik jangda durang natija qayd etgandi. Meyvezer esa 2017 yildan beri professional ringga chiqmagan.

Yaqinda Netflix striming xizmati Meyvezer va Pakyao o'rtasidagi revansh jangi translyaciyasiga qiziqish bildirgani va u aprel oyida Las-Vegasda ko'rgazmali emas, balki to'laqonli professional jang sifatida o'tkazilishi haqida xabarlar tarqaldi.

"Floyd qaytsa bo'ldi, bu amalga oshadi, men allaqachon qaytdim, - dedi Pakyao The Sun nashriga bergan intervyusida. - Muzokaralar bo'lyapti. Floyd bilan ehtimoliy revansh muhokamasini boshlashdan xursandman. Albatta, revansh olish uchun yaxshi imkoniyat bor, chunki men janglarni davom ettiryapman, ammo bu faqat Floyd qaytib kelgan taqdirdagina amalga oshadi". 

Malumot uchun, Pakyao va Meyvezer o'rtasidagi birinchi jang 2015 yilda bir necha yillik muzokaralardan so'ng bo'lib o'tgan va unda Meyvezer g'alaba qozongandi. 

"Men o'sha paytdayoq revansh olishni xohlaganman. Operaciyadan keyin ringga qaytishga tayyor edim. Hozir boksdagi faoliyatimni davom ettirishim uchun Xudo menga kuch va yaxshi sog'liq bermoqda. Men jangchiman va hech kimdan qochmayman. Men har qanday raqib bilan to'qnash kelishim mumkin", - dedi Menni.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: