SportUz.Net
iks
ads

Xabib Nurmagomedov O'zbekiston MMAsi haqida fikr bildirdi + VIDEO

15.10.2025 12:06    


Rasmni yuklab olish

Rossiyalik UFC sobiq chempioni Xabib Nurmagomedov yurtimizga tashrif buyurdi.

U o'z tashrifi chog'ida rahbariyati yangidan tuzilgan O'zbekiston MMA assosiaciyasida ham bo'ldi va ushbu sport turidagi natijalarimizni boksdagisi bilan solishtirdi.

"Oltin medallarni boshqa davlatlarga bermaysiz, deb 15 yil oldin kim ayta olar edi? Sizlar hozir barcha medallarni o'zingizniki qilyapsiz. Qandaydir bitta medalni esa Amerikaga qoldiryapsiz. Kuba ham olishi mumkin, yoki boshqasi, sizda esa 5-6 ta oltin bor. 

Ishonchim komilki, O'zbekiston terma jamoasi MMAda ham shunday natijalarga erisha oladi. Boks federaciyasi qo'llab-quvvatlagan tizimni MMAda ham joriy etish mumkin. Bir nechta o'zgartirishlar, bazi murabbiylarni jalb etish orqali natijalarni osongina ko'ra olasiz", dedi Nurmagomedov. 

Xabib Toshkentga Papakha nomli o'z restoranini ochish uchun kelgandi.




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: