"Belal Muhammadni o'ldirmoqchiman. Bu jangdagi asosiy maqsadim shu. Oktagonga chiqaman va sayyoramizning yarim o'rta vazn toifasidagi eng kuchli insoni ekanligim haqidagi faktni amalda isbotlamoqchiman. Kim bu kamarni qo'lga kiritadigan bo'lsa ham, Jek Della Maddalenami yoki Islam Maxachev, menga farqi yo'q. Axir men ularning ikkalasi bilan ham jang qilmoqchiman... Ularning peshonasidan darcha ochib qo'yaman. Bu sayyorada hech kim menga bu kamarni olishim uchun xalaqit bermaydi.
UFC’ning barcha muxlislariga mikrofon orqali: "Men kelajakman, men buni isbotlashga yaqinman deb aytaman", dedi Garri jurnalist Ariel Xelvanining YouTube kanalidagi shousida.
Teofimo Lopes SHakur Stivensonni nokaut qilishga vada berdi, amerikalik joyida javob qaytardi
"Ularning peshonasidan darcha ochib qo'yaman. Garri - Della Maddalena va Maxachev haqida