
Jang 7 dekabr kuni AQSHning Las-Vegas shahridagi UFC 323 turniri doirasida bo'lib o'tadi.
"Jangchi sifatida men Pyotr xavfli ekanini bilaman, u kuchli, yaxshi jangchi. Hammamiz bilamiz, u g'alabalar seriyasida kelmoqda. Bu ajoyib jang bo'ladi.
Bilaman — birgina zarba yoki kichik bir xato hamma narsani o'zgartirishi mumkin, ayniqsa Pyotr Yanga qarshi jangda. U xavfli raqib. Men qattiq mashq qilaman va eng yomoniga tayyorlanaman. Lekin men oson g'alaba qozona olishimga ishonaman", — dedi Dvalishvili The Ariel Helwani Show podkastida.
SHohjahon Ergashevning Salita promouterlik kompaniyasi bilan hamkorligi yakunlandi (FOTO)