SportUz.Net
iks
ads

G'iyosov rejalarini buzgan Menni Pakyao endi Vasiliy Lomachenko bilan jang qilishi mumkin

15.10.2025 11:24    


Rasmni yuklab olish

Afsonaviy filippinlik bokschi Menni Pakyao uch vaznda sobiq chempion, ukrainalik Vasiliy Lomachenkoga qarshi to'qnash kelishi mumkin.

Pakyaoning maslahatchisi Brando Vernestoning aytishicha, jang muzokaralarning dastlabki bosqichida. Menni bilan hamkorlik qiluvchi Top Rank promouterlik kompaniyasi bu malumotga hozircha izoh bermadi.

Iyul oyida 46 yoshli Pakyao Mario Barrios bilan chempionlik jangida durang qayd etgandi.

Lomachenko esa yoz boshida boksdagi faoliyatini yakunlashini elon qilgani barchamizning yodimizda.

Aslida, Menni Pakyao 2026 yil yanvar oyida WBA yo'nalishi bo'yicha kamar sohibi Rolando Romero bilan jang qilishi aytilayotgandi, biroq WBA tashkiloti Romeroning o'zbekistonlik majburiy davogar SHahram G'iyosov bilan jang qilishini buyurdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: